Özbekiston-Ozarbaycon hamkorliginiñ yañi bosqiçi
ÖzA – Takidlaş lozimki, söñgi yillarda Özbekiston va Ozarbaycon munosabatlari ittifoqçilikniñ sifat cihatidan yañi bosqiçiga kötarilmoqda. Bu carayon avvalo, ikki davlat rahbarlariniñ oliy daracadagi muntazam taşriflari, yaqin va işonçli muloqotlari hamda siyosiy irodasiga tayanadi.
Şu bilan birga, xalqlarimizniñ muştarak tarixi, madaniy yaqinligi, til va manaviy qadriyatlari bugungi geosiyosiy va geoiqtisodiy manfaatlar bilan uyğunlaşib bormoqda. Mamlakatlarimiz örtasidagi oliy daracadagi şeriklik esa iqtisodiyot, investitsiya, transport, energetika, madaniyat va talim sohalarida amalga oşirilayotgan yirik qöşma loyihalarda yaqqol namoyon bölmoqda.
Özbekiston davlat cahon tillari universiteti rektori Ilhomcon Töxtasinov fikriça, Özbekiston va Ozarbaycon örtasidagi munosabatlarniñ yañi bosqiçi talim sohasidagi hamkorlikni ham sifat cihatidan yañi daracaga olib çiqmoqda. Ayniqsa, ikki mamlakat oliy talim muassasalari örtasida yölga qöyilayotgan töğridan-töğri aloqalar, professor-öqituvçi va talabalar almaşinuvi, ilmiy-tadqiqot hamda til va madaniyatni örganişga qaratilgan qöşma loyihalar bu hamkorlikniñ amaliy samarasini yaqqol namoyon etmoqda.
–Hozirgi kunda Özbekiston davlat cahon tillari universiteti (ÖzDCTU) 40 dan ortiq davlatniñ 200 dan ortiq yetakçi oliy talim muassasalari bilan hamkorlik töğrisida memorandumlar imzolagan. 2025-yil 30-may kuni universitetimiz bazasida Ozarbaycon tili va adabiyoti markazini taşkil qildik va coriy yil fevral oyida Boku şahridagi Ozarbaycon xoriciy tillar universitetiga taşrif buyurib, ular bilan hamkorlik şartnomasini imzoladik.
Etiborlisi, u yerda Özbek tili va adabiyoti markazini taşkil qiliş imkoniyatiga ham ega böldik. Imzolañan memorandum asosida Ozarbaycondagi professor-öqituvçilarni Özbekistoña, ÖzDCTU öqituvçilarini esa Bokuga malaka oşirişga yuboriş imkoniyati yuzaga keldi.
Qayd etiş kerakki, bugungi kunda 15 nafar professor-öqituvçilarimiz Ozarbaycon xoriciy tillar universitetida malaka oşiriş va stacirovka ötaş imkoniyatiga ega böldi. 3 nafar doktorantimiz u yerga borib tahsil oliş, mustaqil izlanuvçilik işlarini olib bordi. Uç nafar talabamiz esa qisqa muddatli stacirovka ötab keldi. Ozarbayconlik 15 nafarga yaqin kişi yurtimizda malaka oşirdi. Ayniqsa, 6 nafar mustaqil tadqiqotçiniñ ÖzDCTUga tadqiqotçi sifatida röyxatdan ötganligi bizni ham quvontiradi albatta.
2025/2026-öquv yilidan boşlab Özbekiston davlat cahon tillari universitetida Ozarbaycon tili uçinçi til sifatida tatbiq etildi. Ölkamizga taşrif buyurgan 4 nafar Ozarbaycon xoriciy tillar universiteti professorlari talabalarimizga ozarbaycon tilidan dars berişni boşladi. Universitetimizda ozarbaycon tilini örganişga qiziqiş katta va talabalarimiz, uşbu qardoş yurtniñ tilini, madaniyatini, adabiyotini hamda tarixini yaqindan örganmoqdalar.
Ozarbaycon Prezidenti Ilhom Aliyevniñ mamlakatimizga davlat taşrifi, avvalo, nafaqat hukumat daracasida imzolanadigan şartnomalar, balki oliy talim sohasidagi kelişuvlar orqali ham ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivoclantiriş va uni yañi bosqiçga olib çiqiş uçun katta imkoniyatlar yaratadi, deb öylayman.
Ötkir ALIM






İlk şərhi yaza bilərsiniz