Press "Enter" to skip to content

BAYRAQDAR MEDİA ortaq türk əlifbasında yayıma keçir

İlhom Aliyev

BAYRAQDAR MEDİA bu gündən başlayaraq dəyərli oxucularına ortaq türk əlifbasında başqa türk dillərində də yazılar təqdim edəcək. Biz bu yolla türk dillərinin daha da yaxınlaşması və ortaqlaşmasına, qarşılıqlı anlaşılmasına töhfə verə biləcəyimizi düşünürük. İlk olaraq Azərbaycan Prezidenti İlham Əliyevin qardaş Özbekiston Milliy axborot agentliginə verdiyi müsahibəni təqdim edirik. Ümid edirik ki, bu təşəbbüs oxucularımızın ürəyincə olacaq.

İlhom Aliyev: Özbekiston va Ozarbayjon qardoş mamlakatlar, işonçli ittifoqçilardir

Toşkent şahrida bolajak Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlariniñ yettinçi Maslahat uçraşuvi oldidan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti İlhom Aliyev bilan intervyu taşkil qilindi.

–Hurmatli janob Prezident, yaqin kunlarda Toşkent şahrida bölib ötadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uçraşuvida iştirok etişiñiz kutilyapti. Uşbu format haqida qanday fikrdasiz? Ozarbayjonniñ mintaqa davlatlari bilan aloqalari qay tusda rivojlanmoqda va hamkorlikniñ bugungi darajasi Sizni qoniqtiradimi?

–Avvalo, täkidlamoqçimanki, bu Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uçraşuvida faxriy mehmon sifatida uçinçi bor iştirok etişim. Men qatnaşgan birinçi şunday tadbir 2023 yil Duşanbeda, ikkinçisi 2024 yil Ostonada bölib ötgan. Navbatdagi muloqotga Toşkent mezbonlik qiladi. Barça hamkasblarim, ayniqsa Özbekiston Prezidenti, birodarim Şavkat Mirziyoyevga taklif hamda Ozarbayjonniñ uşbu muhim tadbirda iştirokini qöllab-quvvatlagani uçun samimiy minnatdorlik bildiraman.

Şavkat Mirziyoyev va İlhom Aliyev
Şavkat Mirziyoyev va İlhom Aliyev

Ozarbayjon va Markaziy Osiyo mamlakatlari strategik ahamiyati tobora ortib borayotgan umumiy tarixiy-madaniy, geografik va geosiyosiy makonni barpo etmoqda. Bir qaraşda Ozarbayjonni Markaziy Osiyo davlatlaridan ajratib turgan Kaspiy deñizi, aslida, davlatlarimizni jipslaştiruvçi muhim omil hisoblanadi. Bugun uşbu deñiz şunçaki geografik tuşunça emas, balki, strategik birlik, iqtisodiy salohiyat va xalqlarimizniñ tarixiy hamkorligi ramzidir.

Mamlakatlarimizni nafaqat geografik yaqinlik, balki tarixiy-madaniy aloqalar, muştarak diniy va mänaviy qadriyatlar, urf-odatlar birlaştirib turadi.

Ozarbayjon mintaqadagi barça mamlakatlar bilan hamkorlikni eñ yuqori darajada har tomonlama rivojlantirişga alohida etibor qaratadi. Ikki tomonlama asosda örnatilgan mazkur strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari, şuniñdek faol siyosiy muloqotimiz, özaro taşriflarimiz uşbu jarayon muvaffaqiyatli keçişida hal qiluvçi ahamiyatga ega, deb hisoblayman.

Söñgi bir neça yil içida davlat rahbarlariniñ özaro taşriflari va muloqotlari dinamikasi munosabatlarimiz yuqori darajada ekanini yaqqol namoyon etmoqda. Xususan, oxirgi 3 yil içida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Ozarbayjoña 30 ga yaqin taşrifni amalga oşirdi, men esa xuddi şu davrda qardoş mamlakatlarga 13 marta bordim.

Örta yölakniñ ahamiyati ortib borayotgani şeriklik kölamini keñaytiriş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratmoqda.

Işonçim komilki, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlariniñ 7-Maslahat uçraşuvi qardoş xalqlarimiz örtasidagi azaliy döstlik riştalarini mustahkamlaş, siyosiy, iqtisodiy, transport, investitsiya, energetika, madaniy-gumanitar va raqamli transformatsiya sohalaridagi köp qirrali hamkorlikni keñaytirişda muhim bosqiç böladi.

–Muhtaram Prezident, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi özaro taşriflar jadallaşgani, faol siyosiy muloqot yölga qöyilib, özaro añlaşuv yuksak darajaga kötarilganini täkidladiñiz. Söñgi bir yarim yil içida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ozarbayjoña 5 marta taşrif buyurdi. Qolaversa, yil davomida turli xalqaro maydonlarda ham bir neça bor uçraşdiñizlar. Ozarbayjon va Özbekiston örtasida diplomatik munosabat örnatilganiniñ 30 yilligi nişonlanayotgan joriy yildagi ikki tomonlama aloqalar holatini qanday baholaysiz?

–Özbekiston–Ozarbayjon uçun qardoş mamlakat, işonçli ittifoqçi. Bizni muştarak ildizlar, mänaviy qadriyatlar, til, etnik yaqinlik, boy tarixiy va madaniy meros birlaştirib turadi. Asrlar davomida qardoş xalqlarimiz özaro iliq munosabatda bölib, bir-birini çuqur hurmat qilgan. Bugun davlatlararo munosabatlarimiz ana şu mustahkam poydevor asosida muvaffaqiyatli rivojlanib borayotgani quvonarli, albatta.

Hozirga kelib, Ozarbayjon va Özbekiston örtasidagi munosabatlar eñ yuqori – ittifoqçilik darajasiga kötarilgan.

Prezident Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev bilan örtamizda şakllañan işonçli va döstona şaxsiy munosabatlar ham ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirişda muhim omil hisoblanadi. Özbekiston yetakçisiniñ davlatlararo munosabatlarimiz rivojiga qöşayotgan şaxsiy hissasi, keñ kölamli hamkorlikni izçil mustahkamlaş masalalariga qaratayotgan doimiy etiborini alohida täkidlamoqçiman.

Qardoş Özbekiston rahbari, atoqli davlat arbobi, Ozarbayjonniñ yaqin dösti Prezident Şavkat Mirziyoyevni yurtimizda qabul qiliş biz uçun doim katta şaraf va mamnuniyat bağişlaydi. Qayd etganiñizdek, ötgan bir yarim yil davomida bunday taşriflar beş marta yuz berdi. Bularniñ bari munosabatlarimizniñ yuqori suratidan dalolat.

Ötgan yil avgust oyida men davlat taşrifi bilan Özbekistonda, şu yil iyul oyida esa Özbekiston Prezidenti Ozarbayjonda böldi. Uşbu tarixiy taşriflar doirasida önlab, jumladan Strategik şeriklikni yanada mustahkamlaş töğrisidagi deklaratsiya, Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnoma, Ozarbayjon Respublikasi va Özbekiston Respublikasi örtasida 2025-2029 yillarga möljallañan Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomani amalga oşiriş böyiça “Yöl xarita”si va boşqa muhim hujjatlar imzolandi. Ötgan qisqa davr mobaynida ulkan işlar bajarildi. Özaro taşriflarniñ hammasi Ozarbayjon–Özbekiston munosabatlarini barça sohalarda mustahkamlaş, şuniñdek Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqasini öz içiga olgan yagona geografik makonda şeriklikniñ yañi imkoniyatlarini röyobga çiqarişga kuçli turtki berdi.

Munosabatlarimizni rivojlantiriş strategiyasini belgilaşda 2023 yil avgust oyida täsis etilgan Oliy davlatlararo keñaş ham alohida örin tutadi. Özaro davlat taşriflari doirasida – 2024 yil 22 avgust kuni Toşkentda va 2025 yil 2 iyulda Bokuda uşbu tuzilma yiğilişlari bölib ötdi.

Özbekiston Ozarbayjonniñ hududiy yaxlitligini doimo qöllab-quvvatlab kelgan. Fursatdan foydalanib, qardoş Özbekistoña Qoraboğni tiklaş, xususan Fuzuliyda hozir 600 nafarga yaqin öquvçi tahsil olayotgan buyuk özbek olimi Mirzo Uluğbek nomidagi maktab qurilişiga qöşgan hissasi uçun minnatdorlik bildiraman. Özbekiston Qoraboğ mintaqasini tiklaşda yordam körsatiş taşabbusi bilan çiqqan dunyodagi birinçi davlat böldi. Biz buni mamlakatlarimiz va xalqlarimiz örtasidagi hamjihatlik, döstlik, birodarlik ifodasi sifatida doimo yodda saqlaymiz.

Qardoş mamlakatga bölajak taşrifni intizorlik bilan kutyapman. Har safar Özbekistonniñ jadal rivojlanişini, mamlakat xalqi erişayotgan ulkan yutuqlarni behad mamnunlik bilan kuzataman. Keñ kölamli islohotlar amalga oşirilayotgani, jamiyat hayotiniñ barça sohalari izçil modernizatsiya qilinayotgani mamlakatniñ xalqaro maydondagi obrö-etibori va mavqeini yanada yuksaltirişga xizmat qilmoqda. Bu yutuqlar döstim va birodarim Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan, aniq maqsadga yönaltirilgan va puxta öylañan davlat siyosati samarasidir.

Mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlik nafaqat ikki tomonlama formatda, balki xalqaro maydonda ham muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Ozarbayjon va Özbekiston Turkiy davlatlar taşkilotiniñ faol äzolari hisoblanib, turkiy birlikni mustahkamlaşga salmoqli hissa qöşmoqda. Bundan taşqari, munosabatlarimiz BMT, Qöşilmaslik harakati, Islom hamkorlik taşkiloti, Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti, Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça Kengaş (OHIÇK) va boşqa xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali tus olgan.

–Ozarbayjon va Özbekiston örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikniñ bugungi darajasini qanday baholaysiz?

–Savdo-iqtisodiy hamkorlikniñ hozirgi dinamikasidan töliq qoniqiş mumkin. Har ikki tomon özaro aloqalarni keñaytiriş uçun katta işlar qilmoqda, yañi loyihalarni ilgari surib, qöşma taşabbuslar ilgari surişga alohida etibor qaratmoqda. Bugungi kunda Ozarbayjonda Özbekiston investitsiyasi iştirokidagi 120 ga yaqin tijorat taşkiloti röyxatdan ötgan holda, iqtisodiyotniñ turli tarmoqlari, jumladan sanoat, qişloq xöjaligi, quriliş, transport va xizmat körsatiş sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Ozarbayjon va Özbekiston örtasidagi savdo jadal surat bilan rivojlanmoqda. Xususan, 2024 yil özaro tovar ayirboşlaş hajmi 252 million dollarni taşkil etdi, 2025 yil yanvar-sentyabr oylarida uşbu körsatkiç ötgan yilniñ şu davriga nisbatan 87,5 foiz ösib, 319 million dollarga yetdi.

Sarmoyaviy hamkorlik mustahkamlanmoqda. Bugungi kuña qadar Özbekiston Ozarbayjon iqtisodiyotiga 21,8 million dollar sarmoya kiritgan, Ozarbayjon esa Özbekiston iqtisodiyotiga 183,5 million dollar investitsiya yönaltirgan. 2023 yil umumiy kapitali 500 million dollarlik, ham mamlakatlarimiz hududida, ham uçinçi davlatlarda loyihalar amalga oşirişni közda tutgan Ozarbayjon – Özbekiston qöşma investitsiya kompaniyasi taşkil etildi.

Yeñil sanoatni rivojlantiriş uçun yañi imkoniyatlar yaratayotgan, ananaviy döstlik va qardoşlik riştasini mustahkamlaşga hissa qöşayotgan Xonkendidagi qöşma korxona – tikuvçilik fabrikasi ham alohida etiborga loyiq.

Iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş orqali şeriklikniñ istiqbolli yönalişlarini belgilaşda Ozarbayjon Respublikasi va Özbekiston Respublikasi örtasida hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiya faoliyatini etirof etiş lozim. Muntazam ötkazib kelinayotgan Ozarbayjon – Özbekiston mintaqaviy forumi ayni yönalişdagi hamkorlikni rivojlantiriş uçun samarali platformaga aylandi.

Ozarbayjon qardoş Özbekiston bilan iqtisodiyotniñ barça tarmoqlarida hamkorlikni yanada keñaytirişdan manfaatdor. Buniñ uçun yuksak siyosiy iroda va ulkan salohiyat mavjud. Bugungi kuña qadar iqtisodiy aloqalarni yanada keñaytiriş uçun işonçli huquqiy asos yaratgan 200 ga yaqin hujjat imzolañan. Ozarbayjon bundan keyin ham ikki tomon manfaatlariga mos keladigan, xalqlarimiz örtasidagi döstlik va şeriklikni mustahkamlaşga xizmat qiladigan hamkorlikni qöllab-quvvatlaydi.

–Transport, logistika va energetika sohalarida ikki tomonlama hamkorlikniñ qanday istiqbollarini köryapsiz?

–Mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlikniñ asosiy yönalişlaridan biri diversifikatsiyalañan transport-logistika infratuzilmasini yarati va tranzit imkoniyatini keñaytirişdir. Bu borada mamlakatlarimizniñ “Örta yölak” xalqaro transport yölagidagi iştiroki alohida ahamiyatga ega. Bu jarayonda Ozarbayjon Özbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun muhim tranzit davlat hisoblanadi. Söñgi yillarda uşbu yölak orqali eksport imkoniyati va taşuv salmoğini oşiriş masalasi alohida strategik ahamiyat kasb etmoqda.

2024 yil mamlakatlarimiz örtasidagi tranzit taşuv 2023 yilga nisbatan 18 foizdan köproq oşib, 1 million 300 miñ tonnadan ortdi. 2025 yilniñ töqqiz oyidayoq bu körsatkiç qariyb 1 million tonnaga yetib, transport almaşinuvi jadal ösib borayotganini körsatdi.

Ozarbayjonda yaratilgan zamonaviy transport infratuzilmasi, jumladan savdo floti, yaqin yillarda quvvati 25 million tonnaga yetadigan “Alat” xalqaro savdo porti, Boku–Tbilisi–Qars temir yöli, şuniñdek mamlakatniñ töqqiz xalqaro aeroporti global transport va logistika markazi sifatidagi örnimizni mustahkamlovçi omillardir. Bundan taşqari, Zañezur yölagi oçilişi ham Markaziy Osiyoniñ barça mamlakatlariga foyda keltiradi.

Şaharlarimiz örtasidagi avia parvozlar muhim ahamiyatga ega. “AZAL” aviakompaniyasi haftasiga Boku–Toşkent–Boku yönalişida 7 marta, Boku–Samarqand –Boku hamda Boku–Urganç–Boku yönalişlarida 2 martadan yölovçi reyslarini amalga oşirmoqda. Öz navbatida, bir haftada “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi samolyotlari Toşkent–Boku–Toşkent yönalişi böylab 3 marta, “Centrum” kompaniyasi uçoqlari esa 2 marta uçyapti.

Energetika sohasidagi hamkorlik va “yaşil” energetikani rivojlantiriş ham ustuvor yönalişlar bölib qolmoqda. “SOCAR” Özbekistoña Ozarbayjon neft va neft-kimyo mahsulotlari eksport qiladi. 2016 yildan buyon “Ozlitineftgaz” instituti va “SOCAR NIPI Neftegaz” negizida taşkil etilgan “Neftegaztexnologiya” qöşma korxonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

2024 yil Ozarbayjon, Qozoğiston va Özbekiston energetika tizimlarini integratsiyalaş va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirişga qaratilgan qator strategik bitim va memorandumlarni imzoladi. Bu mintaqani barqaror rivojlantiriş va energetika sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaş uçun yañi istiqbollar oçadi.

–Ozarbayjon va Özbekistonniñ madaniy-gumanitar sohadagi hamkorligi haqida nima deya olasiz?

–Madaniy-gumanitar hamkorlik mamlakatlarimiz örtasidagi döstlik va qardoşlikni mustahkamlaş, xalqlar örtasidagi töğridan-töğri muloqotni keñaytirişda muhim rol öynaydi. Biz umumiy tarixiy-madaniy qadriyatlarni asrab-avaylaş yölida birga odimlab, barça darajalarda yaqin hamkorlikni davom ettiryapmiz.

Xususan, 2023 yil Ozarbayjonda Özbekiston madaniyati kunlari, 2024 yil Özbekiston fan va madaniyat kunlari ötkazildi. Şu yil Özbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlari, Xiva şahrida “Şuşa kunlari” taşkil etildi. Uşbu tadbirlar xalqlarimizniñ boy madaniy merosini namoyon etiş, özaro hamjihatlikni mustahkamlaş va bir-birimizniñ mänaviy olamimizni boyitişga bölgan yakdil intilişni aks ettiradi.

Mamlakatlarimiz hududlari örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişga ham alohida etibor qaratilmoqda. Ismoilli–Rişton, Şuşa–Xiva, Lankaran–Buxoro, Şeki–Qöqon, Bilasuvar–Termiz, Mingaçevir–Namangan, Fuzuliy–Guliston, Quba–Jizzax, Beylagan–Şahrisabz şaharlari örtasida birodarlik va şeriklik aloqalari örnatildi. Hududlararo aloqalar faollaşuvi xalqlarni yaqinlaştiriş, tajriba almaşiş va hamkorlikniñ madaniy-gumanitar kun tartibini boyitişga xizmat qilmoqda.

Mamlakatlarimiz örtasidagi döstlikniñ ramziy ifodasi sifatida madaniy ahamiyatga ega obektlar mavjud: Toşkentda Haydar Aliyev maydoni bor. Şu yil iyul oyida Bokuda “Özbekiston” boğiga tamal toşi qöyildi.

Fursatdan foydalanib, Ozarbayjon xalqiniñ umummilliy yetakçisi Haydar Aliyev xotirasiga körsatilayotgan ehtirom, çin birodarlik munosabati uçun Özbekiston rahbariyati va butun qardoş özbek xalqiga minnatdorlik bildirmoqçiman.

Sport sohasidagi hamkorlikda ham yaxşi natijalarga erişilmoqda. Ikki davlatniñ birgalikdagi säy-harakatlari natijasida FIFA Ijroiya qömitasi 2027 yil bölib ötadigan U-20 Jahon çempionati final bosqiçini Ozarbayjon va Özbekistonda ötkaziş töğrisida qaror qabul qildi. Bu Yevropa va Osiyoni birlaştiradigan umumiy tarixiy yutuğimizdir.

Ommaviy axborot vositalari va nodavlat taşkilotlar örtasidagi hamkorlik ham samarali rivojlanmoqda. 2024 yil 23-25 sentyabr kunlari Toşkentda birinçi Özbekiston–Ozarbayjon mediaforumi, joriy yil 29 sentyabrda Bokuda ikkinçi Ozarbayjon–Özbekiston mediaforumi bölib ötdi. Bundan taşqari, 2024 yil dekabr oyida Toşkentda ilk bor Özbekiston va Ozarbayjon nodavlat taşkilotlari forumi taşkil etildi.

Mazkur tadbirlar va amalga oşirilgan loyihalarniñ barçasi Ozarbayjon va Özbekistonniñ madaniy-gumanitar sohadagi mustahkam qardoşlik aloqalarini yaqqol namoyon etib, xalqlarimiz örtasidagi döstlikni mustahkamlaş, mänaviy va madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirişga xizmat qilmoqda.

–Janob Prezident, uşbu mazmunli suhbat uçun tiğiz iş jadvaliñizdan vaqt ajratganiñiz uçun rahmat.

–Özbek xalqiniñ Ozarbayjon–Özbekiston munosabatlari va umuman mintaqada röy berayotgan jarayonlarga qiziqişi tobora ortib borayotgani meña katta mamnuniyat bağişlaydi. Asrlar davomida qardoş xalqlarimiz va mamlakatlarimizni boğlab kelgan döstlik va hamkorlik riştalari bardavom bölsin.

Mission News Theme by Compete Themes.