Press "Enter" to skip to content

Ozarbaycon Prezidenti bilan intervyu

Şavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev

Prezident Ilhom Aliyev: “Qardoş Özbekistonga har safar kelganimda, ayniqsa söñgi yillarda mamlakatniñ barça sohalarda cadal rivoclanayotganini körib, quvonaman”

ÖzA – Ozarbaycon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatimizga davlat taşrifi arafasida katta intervyu berdi.

–Hurmatli Prezident canoblari, söñgi yillarda Ozarbaycon – Özbekiston munosabatlari cadal rivoclanib, eñ yuksak bosqiç – ittifoqçilik daracasiga kötarildi. Özbekistonga yaqin vaqtda kutilayotgan davlat taşrifiñiz arafasida ikki tomonlama munosabatlarniñ buguñi holati va rivoclaniş istiqbollarini qanday baholaysiz?

–Ikki qardoş mamlakat – Ozarbaycon va Özbekiston örtasidagi munosabatlar muştarak tarix, madaniyat, til va manaviy qadriyatlar, şuniñdek, xalqlarimizniñ asrlar oşa, avloddan-avlodga ötib kelayotgan birdamligi, hamcihatligi va çuqur özaro mehr-oqibatiga tayanadi. Ana şu mustahkam poydevor asosida qurilgan davlatlararo munosabatlar söñgi yillarda misli körilmagan rivoclaniş bosqiçiga kirib, eñ yuksak poğona – ittifoqçilik daracasiga kötarildi va mutlaqo yañi mazmun kasb etdi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti, meniñ aziz birodarim, hurmatli Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev bilan örtamizdagi samimiy döstlik, özaro hurmat va işonç Ozarbaycon – Özbekiston qardoşligini mustahkamlaş, davlatlararo aloqalarni buguñi daracaga olib çiqiş va ittifoqçiligimizni rivoclantirişda alohida örin tutadi. Prezident Mirziyoyevniñ mamlakatlarimiz qardoşligi, birligi va ittifoqçiligi yölidagi tinimsiz va qat’iyatli faoliyati Ozarbayconda uña nisbatan çuqur hurmat va mehr uyğotgan.

Aytib ötganimdek, davlatlarimiz örtasidagi siyosiy muloqot cuda yuqori daracada. Şubhasiz, oliy daracadagi muntazam özaro taşriflar – söñgi beş yilda ularniñ soni 15 tani taşkil etdi – va yaqin muloqotlarimiz uşbu aloqalarni cadal rivoclantiriş hamda mustahkamlaş uçun qulay şaroit yaratmoqda.

Oxirgi beş yilda bu meniñ qardoş mamlakatga uçinçi davlat taşrifim va umuman olganda yettinçi taşrifimdir. Gözal va betakror Özbekistonga har bir taşrifim men uçun alohida ahamiyatga ega bölib, doimo katta mamnuniyat bağişlaydi. An’anaga köra, bu taşriflar yuksak mehmondöstlik, qardoşlik, samimiyat va özaro añlaşuv muhitida ötadi. Qardoş Özbekistonga har safar kelganimda, ayniqsa söñgi yillarda mamlakatniñ barça sohalarda cadal rivoclanayotganini körib, quvonaman. Zamonaviy şaharlar barpo etilişi, iqtisodiyotniñ diversifikatsiya qilinişi, yirik infratuzilma loyihalariniñ amalga oşirilişi, ilm-fan, talim, madaniyat va sport sohalariga qaratilayotgan e’tibor mamlakatniñ yuksak ösiş sur’atlarini yaqqol namoyon etmoqda.

Özbekiston yetakçisi, meniñ aziz birodarim, hurmatli Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevniñ dono rahbarligi ostida mamlakatni har tomonlama rivoclantiriş va ravnaq toptiriş yölida izçil amalga oşirilayotgan keñ kölamli işlar, Özbekistonniñ xalqaro nufuzi tobora yuksalayotgani va barça asosiy tarmoqlarda erişilayotgan salmoqli yutuqlar samimiy hurmat va çuqur mamnuniyat uyğotadi. Bularniñ barçasi Prezidentniñ puxta öylañan siyosati, strategik qaraşlari, Vataña muhabbati va samarali davlat boşqaruviniñ naticasidir.

2024-yil avgust oyida meniñ Özbekistonga davlat taşrifim, 2025-yil iyul oyida esa Özbekiston Prezidentiniñ Ozarbayconga davlat taşrifi bölib ötdi. Ikki tomonlama taşriflar doirasida imzolañan köplab huccatlar, xususan, Strategik şeriklikni yanada mustahkamlaş töğrisidagi deklaratsiya va Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnoma ikki mustaqil, kuçli va suveren davlatimiz örtasidagi tabiiy ittifoqçilikni rasman mustahkamladi. Ular mamlakatlarimiz örtasidagi aloqalarniñ huquqiy va siyosiy asoslarini yanada kuçaytirib, kelgusidagi hamkorligimizni rivoclantiriş uçun yañi imkoniyatlar oçdi.

Şu bilan birga, 2023-yil avgust oyida taşkil etilgan Oliy davlatlararo keñaş Ozarbaycon va Özbekiston örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini çuqurlaştirişniñ muhim institutsional mexanizmiga aylandi. Mazkur platforma davlatlarimiz örtasidagi hamkorlikniñ uzoq muddatli ustuvor yönalişlarini belgilaş, yañi taşabbuslarni ilgari suriş va turli sohalardagi hamkorlikni samarali muvofiqlaştirişga xizmat qilmoqda. Keñaşniñ Toşkent va Bokuda ötkazilgan ikki yiğilişi Ozarbaycon – Özbekiston munosabatlariniñ yuksak sur’atlarda rivoclanayotgani, siyosiy muloqotniñ izçilligi va davlatlarimizniñ istiqbolga mölcallañan qöşma faoliyatga qat’iy intilişini körsatmoqda.

Bugun siyosiy munosabatlarimiz iqtisodiyot, investitsiyalar, sanoat, transport, logistika, energetika, qişloq xöcaligi, talim, ilm-fan, madaniyat va gumanitar sohalardagi keñ kölamli amaliy hamkorlik bilan yanada boyimoqda. Amalga oşirilayotgan loyihalar mamlakatlarimizniñ iqtisodiy salohiyatini birlaştiriş bilan birga, xalqlarimiz örtasidagi döstlik va qardoşlik riştalarini yanada mustahkamlamoqda.

Işonçim komilki, bölacak taşrif ham mamlakatlarimiz örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada keñaytiriş, yañi qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş va ittifoqçilik munosabatlarimizni mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

–Ozarbaycon – Özbekiston munosabatlariniñ muhim yönalişlaridan biri savdo-iqtisodiy hamkorlikdir. Bu sohada erişilgan yutuqlar haqida nima deya olasiz?

–Savdo-iqtisodiy hamkorligimiz söñgi yillarda cadal rivoclanmoqda. 2025-yilda Ozarbaycon va Özbekiston örtasidagi tovar ayirboşlaş hacmi avvalgi yilga nisbatan 3 barobardan ziyod köpayib, 795 million AQŞ dollarini taşkil etdi. Bu cuda yaxşi körsatkiç. Şuniñdek, 2026-yil yanvar – may oylarida tovar ayirboşlaş ötgan yilniñ şu davriga nisbatan 33 foizga ösib, 144 million AQŞ dollariga yetdi.

Uç yil avval umumiy kapitali 500 million AQŞ dollari bölgan Ozarbaycon – Özbekiston investitsiya kompaniyasiniñ taşkil etilişi mamlakatlarimiz örtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivoclantiriş uçun muhim platforma yaratdi. Kompaniya Ozarbaycon va Özbekiston iqtisodiyotiniñ turli tarmoqlaridagi istiqbolli loyihalarni moliyalaştiriş va amalga oşirişga salmoqli hissa qöşmoqda.

Bundan taşqari, Hukumatlararo komissiya iqtisodiy, savdo, investitsiya va boşqa sohalardagi aloqalarni rivoclantirişda muhim örin tutadi. Buguña qadar komissiyaniñ 15 ta yiğilişi ötkazildi. Yaqinda Toşkentda bölib ötgan navbatdagi yiğilişda Ozarbaycon – Özbekiston savdo-iqtisodiy hamkorliginiñ buguñi holati, erişilgan naticalar va kelgusidagi rivoclaniş yönalişlari atrofliça muhokama qilindi.

Energetika sohasidagi hamkorligimiz ham faol rivoclanmoqda. Özbekistonniñ «ÖZLITINEFTGAZ» va «SOCAR»niñ «NIPI Neftegaz» institutlari negizida taşkil etilgan «Neftgaztexnologiya» qöşma korxonasi 2016-yildan buyon neft-gaz sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Şuniñdek, 2024-yilda «SOCAR» va «Özbekneftgaz» aksiyadorlik camiyati tomonidan taşkil etilgan «Turan Energy APESCO» qöşma korxonasi «Azerikimya» işlab çiqariş birlaşmasida tayyorlañan yuqori bosimli polietilenni Özbekistonga eksport qilmoqda.

«Yaşil» energetika sohasidagi hamkorligimiz ham davom etmoqda. 2025-yilda Ozarbaycon, Qozoğiston va Özbekistonniñ tegişli energetika idoralari tomonidan Bokuda «Yaşıl Dəhliz Birliyi» mas’uliyati çeklañan camiyati tasis etildi. Mazkur qöşma korxona Ozarbaycon – Markaziy Osiyo «yaşil» energiya yölagi loyihasini amalga oşirişni muvofiqlaştiriş, qayta tiklanuvçi energiyani eksport qiliş va uni Kaspiy deñizi tubi orqali uzatiş imkoniyatlarini rivoclantiriş maqsadida taşkil etilgan.

Ikki mamlakat örtasidagi tranzit taşuvlari hacmi ham ösmoqda. 2025-yilda bu körsatkiç 6,7 foizga oşib, 1,4 million tonnani taşkil etdi. Joriy yilniñ yanvar – iyun oylarida esa 12,2 foizlik ösiş qayd etilib, taşuvlar hacmi 675 miñ tonnaga yetdi.

Özbekiston tomoni bilan amalga oşirilayotgan qator qöşma loyihalar iqtisodiy hamkorlikni yanada keñaytiriş va mamlakatlarimiz uçun yañi rivoclaniş imkoniyatlarini yaratişga muhim hissa qöşmoqda. Bu borada ozod etilgan Fuzuliy tumanida 100 gektar maydonda «Döstlik boği» nomli anorzor barpo etilişi, şuniñdek, Çevrolet avtomobillari va Isuzu avtobuslarini işlab çiqariş sohasidagi hamkorlikni alohida qayd etiş mumkin. Malumot uçun aytib ötsam, 2026-yil 13-iyul holatiga köra, cami 10 720 ta Çevrolet avtomobili va 275 ta Isuzu avtobusi işlab çiqarilgan.

Ayni paytda mamlakatimizda Özbekiston investitsiyalari iştirokidagi 130 dan ziyod ticorat taşkiloti röyxatdan ötgan bölib, ular sanoat, qişloq xöcaligi, quriliş, transport va xizmat körsatiş kabi iqtisodiyotniñ turli yönalişlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Özbekiston kompaniyalariniñ Ozarbaycondagi faoliyati mamlakatlarimiz örtasida şakllañan özaro işonç, qulay investitsiya muhiti va mustahkam iqtisodiy şeriklikniñ yaqqol ifodasidir.

Ozarbaycon va Özbekistonniñ iqtisodiy imkoniyatlari bir-birini töldiradi va bu hamkorlikniñ yañi şakllarini yaratiş uçun keñ istiqbollar oçadi. Biz Ozarbaycon kompaniyalariniñ Özbekistonda, Özbekiston kompaniyalariniñ esa Ozarbayconda yanada faol işlaşini, şuniñdek, qöşma işlab çiqariş va investitsiya loyihalari soniniñ köpayişini qöllab-quvvatlaymiz.

Ozarbaycon ham Özbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oşirmoqda. Bu borada «PAŞA Holdiñ» kompaniyasi tomonidan Toşkent şahrida «The Ritz-Carlton» brendi ostida qurilayotgan mehmonxona va turar coy macmuasi, şuniñdek, Toşkent viloyatidagi «Sea Breeze Uzbekistan» yirik sayyohlik va turar coy macmuasi loyihalarini qayd etiş mumkin.

–Sizniñça, madaniy diplomatiya Ozarbaycon – Özbekiston davlatlararo aloqalarini mustahkamlaşda qanday örin tutadi?

–Ozarbaycon va Özbekiston örtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlik muştarak ildizlar, til va madaniyat yaqinligi, şuniñdek, asrlar davomida şakllañan manaviy qadriyatlarga tayanuvçi munosabatlarniñ acralmas va muhim yönalişlaridan biridir. Bu sohadagi hamkorlik xalqlarimiz örtasidagi özaro añlaşuv, işonç, döstlik va qardoşlik riştalarini mustahkamlaşga salmoqli hissa qöşib, gumanitar aloqalarni yañi mazmun bilan boyitmoqda.

Xalqlarimizniñ özaro intilişi va davlatlarimizniñ birgalikdagi qöllab-quvvatlaşi tufayli madaniy-gumanitar aloqalar söñgi yillarda muvaffaqiyatli rivoclanmoqda. Birgalikda ötkazilayotgan madaniyat kunlari, san’at festivallari, ilmiy ancumanlar, adabiyotlarni naşr etiş va talim dasturlari ikki mamlakat örtasidagi madaniy-gumanitar kun tartibini mustahkamlaşda alohida örin tutadi.

2023 va 2025-yillarda Ozarbayconda Özbekiston madaniyati kunlari, 2024-yilda esa Özbekistonda Ozarbaycon madaniyati kunlari ötkazildi. Şu yili Xiva şahrida «Şuşa kunlari» ham bölib ötdi. Özbekistonniñ nufuzli delegatsiyasi Bokuda Birinçi turkologlar qurultoyiniñ 100 yilligiga bağişlab ötkazilgan Turkiy dunyo haftaligida iştirok etdi.

Qardoş mamlakatdagi eñ qadimiy va nufuzli oliy talim muassasalaridan biri – Özbekiston Milliy pedagogika universiteti buyuk ozar şoiri va mutafakkiri Nizomiy Gancaviy nomi bilan atalişidan faxrlanamiz.

Ötgan yili Boku markazida men va aziz birodarim Prezident Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev tomonidan poydevori qöyilgan, 5 gektar maydonni egallaydigan «Özbekiston» boği qardoşligimizniñ yana bir ramziga aylanadi.

Haydar Aliyev camğarmasi tomonidan amalga oşirilayotgan taşabbus va loyihalar ham ikki mamlakat örtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni keñaytirişda muhim ahamiyatga ega.

Talim sohasidagi hamkorlik Ozarbaycon va Özbekiston madaniy-gumanitar şerikliginiñ yetakçi yönalişlaridan biridir. 2025/2026 öquv yilida Ozarbayconda Özbekistonniñ 67 nafar fuqarosi, Özbekistonda esa Ozarbayconniñ 176 nafar fuqarosi tahsil oldi.

Özbekiston taşabbusi bilan Fuzuliy şahrida barpo etilgan va faoliyat yuritayotgan Mirzo Uluğbek nomidagi umumtalim maktabi talim sohasidagi hamkorlikniñ yorqin namunalaridan va mamlakatlarimiz örtasidagi qardoşlik munosabatlariniñ yana bir ifodasidir. Uşbu ezgu taşabbus, şuniñdek, ozod etilgan hududlarimizdagi tiklaş va bunyodkorlik işlariga körsatilayotgan kömak uçun butun Özbekiston xalqiga va şaxsan Prezident Şavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildiramiz.

Media sohasidagi hamkorlik ham muhim naticalar bermoqda. 2024-yil 23–25-sentabr kunlari Toşkentda I Özbekiston – Ozarbaycon mediaforumi, 2025-yil 29-sentabr kuni Bokuda II Ozarbaycon – Özbekiston mediaforumi ötkazildi. 2023-yilda Fuzuliyda Ozarbaycon va Özbekiston nodavlat noticorat taşkilotlari hamkorliginiñ I forumi, 2024-yilda esa Toşkentda Özbekiston va Ozarbaycon NNTlari hamkorliginiñ II forumi bölib ötdi. Uşbu forumlarniñ amaliy naticasi sifatida 2026-yilda ikki qardoş mamlakat ilk bor NNTlar uçun qöşma grant tanlovini e’lon qildi. Tanlov yakunlariga köra, Ozarbayconniñ ğolib loyihalari Özbekistonda, Özbekistonniñ ğolib loyihalari esa Ozarbayconda amalga oşiriladi.

Özbekistondan Ozarbayconga sayyohlik safarlari soni ham ortib bormoqda. 2024-yilda mamlakatimizga Özbekistonniñ 46 miñ, 2025-yilda 62 miñ, 2026-yil yanvar – avgust oylarida esa 44 miñ nafar fuqarosi taşrif buyurdi.

Hududlararo hamkorlik muvaffaqiyatli rivoclanayotganini alohida takidlaş mumkin. Boku – Toşkent, Ismoiliy – Rişton, Şuşa – Xiva, Lankaran – Buxoro, Şeki – Qöqon, Bilasuvar – Termiz, Miñeçevir – Namañan, Fuzuliy – Guliston, Guba – Jizzax va Beylagan – Şahrisabz şaharlari örtasida birodarlik va şeriklik aloqalari örnatilgan. Yaqin vaqtda Naxçivon va Urganç örtasida ham birodarlik munosabatlarini yölga qöyiş recalaştirilgan. Bugun Ozarbaycon va Özbekiston şaharlarini birodarlaştiriş taşabbuslari xalqlarimizni yanada yaqinlaştiradigan, muştarak tarixiy, madaniy va manaviy qadriyatlarni asrab-avaylaydigan, kelacak avlodlar örtasidagi döstlik va özaro işonçni mustahkamlaydigan muhim hamkorlik platformalaridan biriga aylañan.

Şunday qilib, Ozarbaycon va Özbekiston örtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlik nafaqat ikki tomonlama munosabatlarniñ muhim yönalişi, balki xalqlarimizniñ muştarak qadriyatlari, boy madaniy merosi va qardoşlik riştalarini asrab, kelacakka olib ötadigan strategik gumanitar köprikdir.

–Hurmatli Prezident canoblari, Ozarbaycon va Özbekiston xalqaro maydonlarda samarali hamkorlik qilmoqda. Turkiy davlatlar taşkiloti doirasidagi uşbu hamkorlikni qanday baholaysiz va Ozarbayconniñ Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarini rivoclantiriş istiqbollari haqida nima deya olasiz?

–Mamlakatlarimizniñ muhim masalalarni ham ikki tomonlama, ham köp tomonlama şakllarda hal etiş borasidagi birgalikdagi faoliyati yuksak e’tirofga loyiq. Ikki qardoş mamlakat – Ozarbaycon va Özbekiston barça masalalarda doimo bir-birini qöllab-quvvatlayotgani faxr tuyğusini uyğotadi.

Ozarbaycon va Özbekistonniñ Turkiy davlatlar taşkiloti doirasidagi hamkorligi alohida ahamiyatga ega. Ötgan yili Gabalada TDT Davlat rahbarlari keñaşiniñ 12-sammiti bölib ötdi. Unda taşkilot doirasidagi hamkorlikniñ asosiy masalalari muhokama qilinib, TDTni mustahkamlaş, turkiy dunyoda yanada cips birlikni taminlaş, uniñ siyosiy, iqtisodiy va harbiy qudratini oşiriş, şuniñdek, global maydonda tasir va kuç markaziga aylantirişga qaratilgan deklaratsiyalar imzolandi.

Ozarbaycon va Özbekiston TDTni nafaqat davlatlararo hamkorlik platformasi, balki muştarak tariximiz, madaniyatimiz va manaviy qadriyatlarimizni kelacakka olib boruvçi muhim tuzilma sifatida qabul qiladi.

Ozarbaycon va Özbekistonniñ TDT doirasida siyosiy muloqot, iqtisodiy aloqalar, transport-logistika imkoniyatlari, talim, ilm-fan va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivoclantirişga qöşayotgan hissasi turkiy davlatlar örtasidagi integratsiyani yanada çuqurlaştirişga xizmat qilmoqda.

Ayniqsa, transport-logistika sohasidagi hamkorligimiz katta istiqbollarga ega. Ozarbayconniñ Janubiy Kavkazda, Özbekistonniñ esa Markaziy Osiyoda coylaşgani mamlakatlarimizni Şarq va G‘arbni boğlovçi muhim strategik yönalişlardagi tabiiy şeriklarga aylantiradi. Şu nuqtai nazardan, Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temir yöl loyihasiniñ Örta yölak (Middle Corridor) va TRIPP bilan integratsiyalaşuvi butun mintaqa uçun yañi iqtisodiy va tranzit imkoniyatlarini yaratadi.

Ozarbaycon va Özbekiston tomonidan muştarak turkiy merosni asraş va tarğib etiş böyiça amalga oşirilayotgan taşabbuslar buyuk manaviy boylikni kelacak avlodlarga yetkazişda beqiyos ahamiyatga ega.

Mamlakatlarimiz boşqa turkiy taşkilotlar doirasidagi hamkorlikka ham katta ahamiyat beradi. Özbekistonniñ 2025-yil may oyida Turkiy madaniyat va meros camğarmasiga töla huquqli azo sifatida qöşilişi muhim va quvonarli voqea böldi. Özbekistonniñ boy tarixiy merosi, qadimiy davlatçilik an’analari va öziga xos madaniy qadriyatlarini inobatga olganda, uniñ mazkur camğarmaga azo bölişi turkiy dunyoniñ muştarak merosini asraş va tarğib etiş sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini sezilarli daracada keñaytiradi.

Şunday qilib, mamlakatlarimizniñ TDT va boşqa turkiy taşkilotlar doirasidagi faol hamkorligi turkiy dunyo integratsiyasini yanada kuçaytiriş va xalqaro maydonda uniñ yagona pozitsiyasini mustahkamlaşga xizmat qilişda davom etadi.

Ozarbayconniñ Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlariga kelsak, söñgi yillarda bu aloqalar ittifoqçilik, strategik şeriklik va özaro manfaatli hamkorlik tamoyillari asosida cadal rivoclañanini takidlaş lozim. Tarixiy-madaniy yaqinlik va muştarak manaviy qadriyatlar kabi muhim omillar Ozarbaycon bilan Markaziy Osiyo davlatlari örtasidagi mavcud aloqalarniñ mustahkam poydevorini taşkil etadi.

Ozarbaycon Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan siyosiy muloqotni keñaytiriş, iqtisodiy aloqalarni çuqurlaştiriş, transport-kommunikatsiya imkoniyatlarini oşiriş, şuniñdek, energetika va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivoclantirişga alohida ahamiyat beradi. Şu nuqtai nazardan, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlariniñ Maslahat uçraşuvlari mintaqaviy hamkorlikni ilgari suriş, hamcihatlikdagi harakatlarni muvofiqlaştiriş va qöşma taşabbuslarni muhokama qilişda muhim ahamiyatga ega nufuzli platformalardan biridir.

Ötgan yil noyabr oyida aynan Toşkentda, Özbekiston raisligida ötkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlariniñ 7-Maslahat uçraşuvida Ozarbaycon Respublikasiniñ mazkur formatda töla huquqli iştirok etişi töğrisida qaror qabul qilindi. Uşbu carayonda körsatilgan qöllab-quvvatlaş uçun Özbekiston Respublikasi Prezidentiga, şuniñdek, Markaziy Osiyoniñ boşqa davlatlari rahbarlariga yana bir bor samimiy minnatdorlik bildiraman.

Ozarbayconniñ uşbu carayoña faol qöşilişi naticasida avval «S5» deb atalgan hamkorlik formati amalda «S6» formatiga aylandi, mintaqaviy muloqot va strategik şeriklik esa yañi mazmun va kölam kasb etdi.

Ozarbayconniñ mazkur formatda töla huquqli iştiroki mamlakatimiz Markaziy Osiyo bilan munosabatlarga berayotgan strategik ahamiyatni namoyon etadi. Maslahat uçraşuvlari doirasidagi muhokamalar mintaqa mamlakatlari örtasidagi özaro işonçni yanada mustahkamlaş, hamkorlikniñ yañi yönalişlarini belgilaş va mintaqaviy rivoclaniş uçun muhim taşabbuslarni amalga oşiriş imkonini beradi.

Ozarbayconniñ uşbu formatdagi iştiroki mamlakatimizniñ mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlaşga qöşayotgan hissasini ham körsatadi. Mazkur platforma doirasida yaratilgan muloqot va hamkorlik mexanizmlari nafaqat davlatlararo munosabatlarni rivoclantiriş, balki butun Yevroosiyo makonida tinçlik, barqarorlik va izçil taraqqiyotni taminlaşga xizmat qiladi.

Şunday qilib, Ozarbaycon va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida şakllanayotgan köp qirrali hamkorlik özaro hurmat, işonç va muştarak manfaatlarga asoslañan strategik şeriklik namunasidir.

Ozarbaycon va Özbekiston azo yoki iştirokçi bölgan deyarli barça xalqaro taşkilot va köp tomonlama platformalar, xususan, BMT, Islom hamkorlik taşkiloti, Turkiy davlatlar taşkiloti, Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti, Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça keñaş hamda Qöşilmaslik harakati doirasida ham samarali hamkorlik qilmoqda.

–Hurmatli Prezident canoblari, qiziqarli va mazmunli intervyu uçun Sizga minnatdorlik bildiramiz. Özbekistonga davlat taşrifiñiz arafasida qardoş xalqqa qanday tilaklar bildirgan bölardiñiz?

–Uşbu acoyib imkoniyatdan foydalanib, qardoş Özbekiston xalqini mamlakat davlat mustaqilliginiñ yaqinlaşib kelayotgan 35 yilligi bilan samimiy tabriklayman hamda çuqur hurmatimni izhor etib, tinçlik, farovonlik, ravnaq va yañi yutuqlar tilayman.

İlk şərhi yaza bilərsiniz

Lütfən, buyurub bir şərh yaza bilərsiniz

Sizin e-poçt ünvanınız dərc edilməyəcəkdir. Gərəkli sahələr * ilə işarələnmişdir

Mission News Theme by Compete Themes.